Terms and condition

EDUMY.UZ xizmatidan foydalanish shartlari

(Ommaviy oferta)

1. Umumiy qoidalar

1.1. edumy.uz - bu online o`quv platformasi bo`lib (keyingi o‘rinlarda “tizim” deb yuritiladi) “IOCTO” ma’suliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda “ijrochi” deb yuritiladi)ga tegishli va u tomonidan boshqariladi. Bu tizim foydlanuvchilari (keyingi o‘rinlarda “foydalanuvchi” deb yuritiladi) ushbu ommaviy ofertaga asosan edumy.uz tizimidan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364-moddasiga ko‘ra, mazkur oferta foydalanuvchi bilan ijrochi o‘rtasidagi qonuniy bitim hisoblanadi.

1.2. Foydalanuvchi edumy.uz veb-sayti va uning mobil ilovasidan foydalanishi yoki ularda ro‘yxatdan o‘tishi ushbu oferta bilan tanishganligi va hech qanday istisnosiz uning barcha shartlarini qabul qilganligini bildiradi. Agar foydalanuvchi ofertaning ayrim qismlariga rozi bo‘lmasa, tizim imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.

1.3. Foydalanuvchi 1.2-bandda ko‘rsatilgan tarzda shartlarni qabul qilgan paytdan boshlab oferta kuchga kirgan hisoblanadi.

1.4. Ijrochi o‘z tashabbusiga binoan foydalanuvchilarni ogohlantirmagan holda tizimning ish faoliyatini doimiy yoki vaqtincha to‘xtatishi yoki ma’lum foydalanuvchilarga cheklashi mumkin.

2. Tizimdan foydalanish

2.1. Ushbu tizimdan voyaga yetgan foydalanuvchi mustaqil foydalanishi mumkin. Voyaga yetmagan foydalanuvchilar ota-ona yoki vasiy shaxs ruxsati hamda nazorati ostida foydalanish huquqiga ega.

2.2. Tizimni doimiy mukammallashtirish va qulayliklar yaratish nuqtai nazarida kurs shakllari ijrochi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

2.3. Tizimdagi pullik xizmatlardan foydalanish shartlari ofertaning 4-bo‘limida belgilangan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.

2.4. Tizimdan foydalanish vaqtida foydalanuvchi ishlatayotgan qurilmalar (kompyuter, mobil telefon), dasturiy vositalar (brauzer), internet tarmog‘ining ish faoliyati va sifati kabi ijrochi vakolatida bo‘lmagan omillar uchun ijrochi javobgar emas.

2.5. Ijrochi tizimning xavfsiz va barqaror ishlashi uchun barcha chora-tadbirlar, dasturiy-texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mas’uldir, o‘z navbatida foydalanuvchi ushbu tizimda ishlash orqali qurilmaga yoki qurilma faoliyatini boshqaruvchi operatsion tizimga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

3. Ochiq ma’lumotlardan foydalanish

3.1. Tizimdagi ochiq ma’lumotlardan foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan yoki tizimga kirmagan holda foydalanishi mumkin.

3.2. Foydalanuvchi tizimda joylashgan axborot mazmunidagi ma’lumotlarda xatolik aniqlasa https://t.me/edumyuz telegram manziliga xatolik haqida ogohlantirish qoldirish huquqiga ega. Ijrochi mazkur xatolikni ishonchli manbalar orqali qayta tekshirgan holda, ma’lumotlarni tahrirlashi yoki o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.

3.6. Tizimni doimiy mukammallashtirish nuqtai nazaridan ijrochi tomonidan axborot va statistik mazmunidagi ma’lumotlar yangilab boriladi.

3.7. Tizimdagi ochiq ma’lumotlardan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanilishi lozim. Ularni tijorat maqsadida elektron va qog‘oz shaklda ko‘paytirish va tarqatish yoki turli bot dasturlar (avtomatlashtirilgan skriptlar va ssenariylar) yordamida tizimdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish man etiladi.

3.8. Tizimdagi ochiq ma’lumotlar joylashgan sahifalarga boshqa veb-saytlardan havola berish yoki sahifalarni freym-kod(frame, iframe)lar orqali boshqa veb-saytlarga joylashtirish ijrochi ruxsati bilan amalga oshiriladi.

3.9. Tizimda berib boriladigan reklama xarakteridagi elonlar, bannerlar hamda PR-maqolalarda berilgan malumotlar to'g'riligiga reklama (e'lon) beruvchi taraflar (keyingi o'rinlarda Reklama beruvchi) javobgardir.

3.10. Foydalanuvchi reklama xarakteridagi ma'lumotlar orqali Reklama beruvchilardan biror bir tovar yoki xizmatlarni sotib olishi yoki ulardan foydalanishidan avval ushbu ma'lumotlarning haqiqiyligi va tovar/xizmatlarning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida taqdim etilayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

3.11. Reklama beruvchi hamda Foydalanuvchi orasida vujudga keladigan munosabatlarlar va ularning oqibatlariga Ijrochi javobgar emas.

4. Tizimda pullik xizmatlardan foydalanish

4.1. Tizimda pullik xizmatlar internet servis sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq dasturiy-texnik tashkil etiladi.

4.2. Pullik xizmatlar tizimda ro‘yxatdan o‘tgan va ayni foydalanish vaqtida foydalanuvchi qayd yozuvi (keyingi o‘rinlarda “akkaunt” deb yuritiladi) ga kirgan (keyingi o‘rinlarda “identifikatsiyalash” deb ataladi) foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

4.3. Tizimda foydalanuvchini identifikatsiyalash foydalanuvchi taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi shartlari ofertaning 5-bo‘limida belgilangan.

4.4. Foydalanuvchi o‘z akkaunti orqali bir vaqtda faqatgina bitta qurilma (brauzer, mobil telefon) orqali tizimda ishlashi mumkin.

4.5. Pullik xizmatlar ijrochi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan preyskurant asosida narxlanadi hamda bir martalik yoki oylik obuna ko‘rinishida taqdim etiladi.

4.6. Pullik xizmatlarga to‘lov quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- bir martalik xizmatlar uchun foydalanuvchining tizimdagi hisob raqami (keyingi o‘rinlarda “balansi” deb yuritiladi)dan pul yechib olish evaziga;
- oylik obunalar uchun foydalanuvchi balansdan pul yechib olish yoki ijrochi tomonidan ruxsat etilgan onlayn to‘lov tizimlari vositasida sotib olish evaziga.

4.7. Foydalanuvchi o‘z balansini to‘ldirish hamda oylik obuna sotib olishni ijrochi tomonidan ruxsat etilgan hamda tizimga dasturiy-texnik jihatdan integratsiyalashgan onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshiradi.

4.9. Onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘langan summalar tizimda elektron hisob ko‘rinishida yuritiladi va foydalanuvchiga axborot mazmunida taqdim etiladi.

4.10. Foydalanuvchi tomonidan tizimda pullik xizmatlari uchun sarf etilgan mablag‘lar ijrochi tomonidan qaytarib berilmaydi.

4.11. Foydalanuvchi tomonidan tizimda amalga oshirilgan barcha harakatlar, jumladan to‘lovlar ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi hamda ularning to‘g‘riligi uchun ijrochi javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

5. Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi

5.1. Shaxsiy ma’lumotlar toifasiga tizimda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida foydalanuvchi ixtiyori bilan taqdim etiladigan quyidagi ma’lumotlar kiradi:
- Foydalanuvchi ismi, familyasi, sharifi;
- Foydalanuvchi elektron manzili;
- Foydalanuvchi kalit so‘zi;
- Mobil ilovadan foydalangan taqdirda qurilmaning ma'lumotlari (operatsion tizim versiyasi, modeli, identifikatsion nomeri);

5.2. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida foydalanuvchi taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘riligi va aniqligiga foydalanuvchi javobgardir. O‘zga shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharif, elektron manzili)ni taqdim etish qonunga asosan taqiqlanadi. Agar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish jarayonida noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganligi aniqlansa, ijrochi ushbu akkauntni tizimda bloklash yoki o‘chirish huquqiga ega.

5.3. Shaxsiy ma’lumotlar tizimda faqatgina foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun ishlatiladi, ijrochi tomonidan ularni tijorat maqsadida yoki uchinchi shaxslarga taqdim etish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

5.4. Shaxsiy ma’lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi va uning tizim xotirasida daxlsiz saqlanishi ijrochi tomonidan dasturiy-texnik asosda tashkil etiladi.

5.5. Foydalanuvchi tizimga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlashi va boshqa shaxslar ixtiyoriga topshirmaslik bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.

5.6. Tizimda bir foydalanuvchining identifikatsiyalash ma’lumotlari boshqa bir shaxslar, bot dasturlar (avtomatlashtirilgan ssenraiylar, skriptlar) tomonidan ishlatilayotganligi aniqlansa ushbu foydalanuvchi akkaunti va IP-manzili tizimda bloklanadi hamda ogohlantirishsiz o‘chiriladi. Bloklangan yoki o‘chirilgan akkaunt balansida tizim xizmatlari uchun sarflanmagan mablag‘larni foydalanuvchiga qaytarish 4-bandda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

5.8. Bundan tashqari tizim faoliyatini monitoring va statistik tahlil qilish uchun foydalanuvchi qurilmasi, uning harakatlari haqidagi quyidagi ma’lumotlar tizimda himoyalangan holda yig‘iladi:

- foydalanuvchining internet provayderi taqdim etgan IP-manzili;
- foydalanuvchi brauzeri va operatsion tizim turi haqidagi ma’lumotlari;
- tizimda ro‘yxatdan o‘tish, identifikatsiyalash va xizmatlardan foydalanish vaqtlari;
- foydalanuvchi ko‘rib chiqqan sahifalari va havolalar.

5.9. Agar foydalanuvchining akkauntidan foydalanish huquqi uchinchi shaxslar tomonidan turli yo‘llar bilan o‘zlashtirib olinganligi ma’lum bo‘lsa, ijrochi foydalanuvchi uchun o‘z akkauntini qayta tiklash imkoniyatini yaratib berishga majbur. Biroq akkaunt uchinchi shaxs qo‘lida bo‘lgan vaqtda amalga oshirilgan harakatlar natijasida yetkazilgan zararlarni ijrochi qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi, ijrochining aybi bilan sodir etilgan hollar bundan mustasno.

5.10. Foydalanuvchi talabnomasiga binoan tizimda uning akkaunti o‘chirilishi hamda akkaunt bilan birgalikda uning shaxsiy ma’lumotlari tizim xotirasidan o‘chirilishini ijrochi ta’minlanaydi.

6. Boshqa shartlar

6.1. Ushbu ommaviy oferta foydalanuvchi va “IOCTO” MCHJ o‘rtasidagi qonuniy bitim hisoblanib, foydalanuvchi va ijrochi o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi. O‘z navbatida ushbu ommaviy ofertada belgilangan tomonlarning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida tartibga solinadi.

6.2. Foydalanuvchi ham, ijrochi ham ushbu ommaviy oferta shartlarini qabul qilish va bajarish vaqtida boshqa bir uchinchi tomon oldida hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi, yozma kelishuvsiz o‘z huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxsga o‘tkazmaydi.

6.3. Ofertada nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.

6.4. Foydalanuvchi hamda ijrochi o‘rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, eng avvalo o‘zaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qilinadi. Buning imkoni bo‘lmaganda nizo qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi.

6.5. Ofertaning biron bandi ayrim sabablarga ko‘ra haqiqiy emas deb topilsa yoki yuridik kuchga ega emas deb baholansa, bu ofertaning qolgan bandlarining haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi.

6.6. Ijrochi ommaviy oferta shartlarini o‘zgartirish yoki qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega. Ijrochi bunday o‘zgarishlar haqida tizimda barcha ochiq o‘qishi mumkin bo‘lgan e’lon bergan holda foydalanuvchilarni kamida 10 kun oldin ogohlantirishi zarur. O‘zgarishlar kuchga kirgandan so‘ng foydalanuvchining tizim xizmatlaridan foydalanishi, uning yangi shartlarga roziligini bildiradi.