Biz haqimizda

    1. Edumy.uz ⎼ hozirgi kundagi yurtimizda  va jahonda talab yuqori bo`lib turgan sohalar bo`yicha yuqori malakali ustozlardan onlayn videodarslar jamlanmasi bo‘lib, u siz kabi insonlarga ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Edumy.uz ga 2019-yilda asos solingan bo‘lib, barcha qiziquvchilar uchun yurtimizning eng iqtidorli o‘qituvchilarining sodda va tushunarli mualliflik darslarini istalgan joydan, istalgan vaqtda ko‘rib o‘rganish imkoniyatini beradi.
    2. Videokurslar sohalar va fanlar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, har bir videokurs sodda va tushunarli ravishda tayyorlangan bo`lib har bir kurs so`ngida mavzulashtirilgan sinov testlari bo`lib bu orqali siz kursni qay darajada o`zlashtirganingizni bilib olishingiz mumkin va kurs oxirida sertifikat bilan taqdirlanadi.
    3. Bizning asosiy maqsadimiz – Edumy.uz talb yuqori bo`lgan kasb-hunarni o’zlashtirishda shunchaki bir vosita bo‘lib qolmasdan, kelajakda o`z  bilimlarini amalyotga tadbiq etishni ham o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Biz saytga doimiy ravishda yangi funksiyalarni qo’shish va darslarni yanada soddalashtirish orqali videodarslarni yanada ko’proq insonlarning ta’lim olishi uchun foydali bo‘lishiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Buning uchun siz aziz foydalanuvchilarmizdan ko‘proq takliflarni, yangidan yangi g‘oyalarni bajonidil kutib qolamiz.